24-iyun kuni Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yigʻilishi Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bagʻdat Amreyev, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Oʻzbekistondan turizm vazirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qoʻqon shahri Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb e’lon qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov yig‘ilishda davlatlar oʻrtasida transport logistikani rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini asrash jamgʻarmasini tashkil etish, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish borasida taklif bildirdi.

Ayni paytda kengash tadbirlari davom etmoqda.