2,5 gektar maydonda joylashgan “Gidroenergetik” sport sogʻlomlashtirish lageri e-auksionda sotuvga qo’yildi. Bu haqida E-ijro auksion saytida xabar beriladi.

Oromgoh Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani , Xo’jakent MFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 3,6 mlrd so’m deb belgilangan.

G’olib chiqqan shaxs 24 oy mobaynida turistik xizmat koʻrsatish majmuasi, shu jumladan hududda 3 yulduzli toifadagi, kamida 3 qavatli 50 xonali mehmonxona faoliyatini tashkil etish kerak

Shuningdek, ushbu davlat aktivini sotib olgan investor tomonidan sotib olish toʻlovlarni 6 oy muddat ichida amalga oshirish hamda investitsiya loyihasini “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishish talab etiladi.

Arizalarni qabul qilish 21-iyulgacha davom etadi.

Avvalroq Spot, “Soyliq” oromgohi 14,5 mlrd so’mga sotilganligi haqida xabar bergan edi.