Davlat statistika qo’mitasiningma’lumotlariga ko’ra, 2021- yilning iyun oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2% ga arzonlashdi.

Ushbu holat asosan mavsumiy omil bilan tavsiflanadi. Joriy yil boshidan ular narxlarining o‘sish darajasi 4,4% ni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,7% ni tashkil etdi.

Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 10,9% ga yetdi. May oyida bu ko’rsatkich 10,9 foizni, aprel oyida esa 10,7 foizni tashkil etgan edi.

2021- yil iyun oyidagi yillik umumiy INI (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) o‘tgan yilning iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 3,3 foiz bandga va 2019- yilning iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 foiz bandga past bo‘ldi.