The Wendy’s Company, Kusto Group va Global Investors Limited (Wissol Group) Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni rivojlantirish borasida keyingi 9 yillik kelishuvni imzolaganlar. Bu haqda Forbes.kz nashri xabar berdi.

Yangi hamkorlik 2030-yilgacha Wendy’sning 45 ta nuqtasini Qozog’iston va O’zbekiston bo’ylab kengaytirishni ko’zda tutadi.

Hamkorlar reja bo’yicha Qozog’iston 25 ta (800 ta ish o’rni) va O’zbekistonda 20 ta (650 ta) restoranlarni ochishmoqchi.

Joriy yilning mart oyida Kusto Group va Wissol Group Almatining qadimiy qismida bo’lgan MEGA Park va “ЦУМ” binosida restoran ochilgan edi.