Kia Russia & CIS kompaniyasi MDH mamlakatlari, shu jumladan, Oʻzbekiston bozorlarida brend transformatsiyasi boshlangani haqida eʼlon qildi. Yaqin yillarda kompaniya anʼanaviy avtomobilsozlikdan zamonaviy mobillik yechimlari va xizmatlarini yetkazib beruvchiga aylanadi.

Transformatsiyadagi birinchi qadam kompaniyaning yangi nomi — Kia Russia & CIS (Kia Rossiya va MDH) eʼlon qilinishi boʻldi. Bunda Motors soʻzi olib tashlangan, bu harakatlanish uchun innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni qayta ishlash hamda ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat sohalarining kengayishini anglatadi.

Kompaniya yangi slogan va logotipni taqdim etdi, u 1-iyuldan boshlab brend Oʻzbekistondagi barcha kommunikatsiya kanallarida qoʻllanila boshlandi:


Ayni paytda Kia Oʻzbekistonda toʻrtta — Seltos, K5, Sorento va Soul modellarini sotmoqda. Shuningdek, Stinger va Karnaval savdolarining boshlanishi eʼlon qilindi. Kompaniya avvalroq assortimentni yettita modelga yetkazishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Jizzax zavodida ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. 2022 yil oxiriga qadar payvandlash, korpusni boʻyash va CKD yigʻilishini ishga tushirish ustaxonalari boʻlgan liniyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu quvvati yiliga 100 mingtagacha transport vositasini oshirishga imkon beradi.