Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida yangi aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar bergan. Unga koʻra, 29-iyuldan boshlab haftasiga ikki marotaba davomiylik bilan Aqtoʻbe-Nukus yoʻnalishida yangi aviaqatnov ochiladi.

May oyida oʻtkazilgan kelishuvlarga koʻra, ikki davlat oʻrtasida “Samarqand-Olmaota” va “Turkiston-Toshkent” yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida haftasiga 32 ta reys amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Spot Olmaota-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlar narxi arzonlashgani haqida yozgan edi.