Soʻnggi kunlardagi mavzularning asosiy qahramoniga aylangan millarder Jeff Bezos dunyoning eng boy odami maqomidan ayrildi. U Bu Forbes Real-Time reytingida asosiy pogʻonadan tushib qoldi.

Reytingga koʻra, Bezosning boyligi $192,4 mlrd deb baholanmoqda. U bir kunda $13,9 mlrd yoʻqotdi.

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) egasi Bernar Arno reytingda birinchi oʻringa koʻtarildi. Forbes uning boyligini $192,9 mlrd deya koʻrsatmoqda.

Tesla bosh direktori Ilon Mask uchinchi oʻringa joylashdi. Uning boyligi bir sutkada $2,2 mlrd ga koʻpayib, $179,4 mlrd ga yetdi.

Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi pasayishi hisobiga kamaydi. 30-iyul kuni bir aksiya narxi 7,56% ga arzonlashib, $3,3 ming dollarga teng boʻlgandi.

Avvalroq Spot gigant kompaniyalarning oʻtgan uch oydagi daromadlari haqida tahlil yozgan edi.