“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Markazlar, jumladan, qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlab, ularning o‘qishi va xulq-atvori, oilasidagi muhitini hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi.
2021-yil 1-sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan — ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan — xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan — oilalarda qarovsiz bolalar aniqlanadi.
️Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi.
1-noyabrgacha “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi
Voyaga yetmaganlar bo’yicha markaz ishga tushirilib, tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish xarajatlari respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 693
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 01:08 Iqtisodiyot
“Har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak”: Saida Mirziyoyeva — budjet xarajatlari haqida
Prezident Administratsiyasi rahbari kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari ustidan raqamli nazorat va ochiqlik kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Bugun, 00:27 Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2027-yilda $65 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda
Yangi sanoat siyosati doirasida kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa istiqbolli tarmoqlarga yirik investorlar jalb qilinadi.
Bugun, 00:10 Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2027-yilda 7% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda
Kelgusi yilda YIMni $232 mlrdga yetkazish, oltinsiz eksportni qariyb $40 mlrdga oshirish rejalashtirilgan. Davlat budjeti xarajatlari esa 464 trln so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
Kecha, 19:19 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 24 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
Kecha, 19:00 Ta'lim
Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob
Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 18:59 Iqtisodiyot
ILMA O‘zbekistonda savdo qilish mumkin bo‘lgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini tuzadi
Muomaladagi aktivlar hajmi agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Kecha, 18:55 Biznes
Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi da’volarini rad etdi
Nizo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq bo‘lgan. Investitsiyaviy arbitraj ishi 2021-yilda boshlanib, qariyb besh yil davom etdi.
Kecha, 18:38 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 40,93 so‘mga oshib, 12 014,37 so‘mni tashkil etdi.