IT Parkning Qozog‘istondagi “Astana Hub” hamkorlari “Seed Money” dasturi doirasida turli bosqichlarda IT startaplarini moliyalashtirishni boshlashdi.

Mablag‘larni olish uchun tanlovidan o‘tishingiz va “Astana Hub” a’zosi bo‘lishingiz kerak. Xorijiy loyihalar dasturda ishtirok etishi uchun Qozog‘iston poytaxtiga ko‘chib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Raqobatbardosh IT mahsulotlar yaratadigan O‘zbekiston, Qozog‘iston, MDH va butun dunyo mamlakatlarining startaplari uchun “Astana Hub” xalqaro texnoparkidan $47000 yoki 20 million tenge ($47000) gacha mablag‘ olish imkoniyati mavjud.

“Seed Money” doirasida moliyalashtirishdan tashqari, IT startaplar akseleratsiya ishtirokchilari sifatida keng moliyaviy bo‘lmagan ko‘mak ham oladilar.

Shunday qilib, mablag‘ oluvchilar bepul ish joyi, o‘qish, mentorlik, investorlar va 500 nafar IT kompaniyalar jamoasiga kirishga, soliq va viza imtiyozlariga, shuningdek PR ko‘madiga ega bo‘ladilar.

“Techpreneurs” dasturi — “Astana Hub” flagman dasturlaridan biri bo‘lgan aksekeratorning takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, u yangilangan formatda IT startaplarning barcha bosqichlarida “шведский стол” formatida xizmatlarni moslashuvchan tanlash imkoniyati bilan uzluksiz xizmat ko‘rsatadi.

Bu akselerator’ning barcha xususiyatlari “Astana Hub” dan “Seed Money"ni moliyalashtirish uchun nomzodlar uchun mavjud bo‘ladi.

Astana Hub’dan mablag‘ olish uchun siz tanlovning 6 bosqichidan o‘tishingiz kerak: ariza berish va uni dastlabki ko‘rib chiqish, ariza diagnostikasi, taqdimot uchun loyihalarni tanlash, pitch-prezentatsiya, komissiya qarori, ariza topshiruvchilar bilan shartnoma tuzish. Mablag‘ oluvchilar uch yil davomida o‘z daromadlarining qo‘shimcha 1 foizini “Astana Hub"ga berishlari, shuningdek, boshqa startaplarning rivojlanishiga ko‘maklashishlari kerak bo‘ladi.

Mustaqil ekspertlar komissiyasi — IT bozorining asosiy vakillari, ular bir paytlar texnologik startapdan sanoat gigantiga o‘tishgan — har xil bosqichlarda kamida 35 nafar eng yaxshi loyihalarni tanlab oladilar: MVP, Product-Market Fit, Scale.

Yangi IT mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va Astana Hubning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxatiga mos keladigan har qanday texnologik va innovatsion loyiha moliyalashtirish uchun ariza topshirishi mumkin (ro‘yxat havolada: https://adilet.zan.kz/rus/docs/V1900018523). Hech bo‘lmaganda, dasturda ishtirok etish uchun minimal hayotiy mahsulot (MVP) talab qilinadi.

IT startapning bosqichiga qarab, talabgorlarga quyidagi mezonlar taqdim etiladi:

  1. Rivojlanishning boshlang‘ich bosqichidagi startaplar — MVP: 3 kishilik guruh bilan, mavjud prototip, shuningdek, birinchi foydalanuvchilar bazasi orqali 5 million tengeni jalb qila olishi mumkin;
  2. O‘rta bosqichdagi startaplar — Product/Market Fit: 7 kishilik guruh bilan, mijoz/foydalanuvchi bazasi va muntazam sotuvlar bilan 10 million tengedacha moliyalashtirish uchun ariza berishlari mumkin;
  3. Ilg‘ori bosqichdagi startaplar — Scale: ijobiy unit-iqtisodiyoti, moliyaviy hisob-kitoblari va marketing rejasi 20 million tengeni jalb qilishlari mumkin.

Arizalarni qabul qilish 2-avgustdan boshlanadi va oxirgi muddat startapning rivojlanish bosqichiga qarab belgilanadi:

  • MVP — 2021-yil 18-sentyabrgacha;
  • Product/Market Fit — 2021-yil 4-sentyabrgacha;
  • Scale — 2021-yil 21-avgustgacha.

Batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali.