2021-yil 13-avgust kuni IT Park “World AI & Data Challenge” data xakaton doirasida vebinar tashkil etadi.

Unda mahalliy va xorijiy ma’ruzachilar data xakaton‘ning o‘zi haqida gapirib berishadi, bu yil O‘zbekistondan topshirilgan vazifalarni ham yoritib berishadi. Shu jumladan, AI & Data sohasida qanday instrumentlardan foydalanish mumkinligini aytib berishadi.

Shuningdek, vebinar doirasida siz bandlik, tibbiyot va qashshoqlik profilaktikasi vazifalari bilan tanishasiz.

Quyida spikerlar:

  • Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti innovatsion markazining elektron sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i, sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim sohasi mutaxassisi Igor Vixrov;
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, “AgriTech” “Amudario” startapi asoschisi, sun‘iy intellekt va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassis Sarvar Abdullaev;
  • BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasining akseleratori rahbari, rivojlanish va innovatsiyalar sohasi mutaxassisi Adham Qo‘chqorov.

Vebinar ishtirokchilari spikerlarga “World AI & Data Challenge” data xakatoni va AI & Data sohasiga oid barcha savollarini berishlari hamda xakaton qoidalari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Sana: 13 -avgust 2021. Vaqt: 16:00

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://clck.ru/WiGrE

Avvalroq Spot,. 2021-yil 21−22 avgust kunlari IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi, BMTTD va ToshPMI bilan birgalikda, mukofot jamg‘armasi 5,5 million rubl bo‘lgan xalqaro musobaqa doirasida “World AI & Data Challenge 2021 World” axborot texnologiyalari sohasida data xakatonini o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.

Bu xakatonda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus, Moldova va Rossiya kabi MDH davlatlari ishtirok etadi.