Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati $2,0 mln ga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Oʻzbekistondan eng koʻp miqdorda mebelni Qozogʻiston xarid qilgan boʻlib, mahsulotlar Germaniya, AQSh va Hindistonga qadar eksport qilingan.

Eng koʻp eksport qilgan davlatlar roʻyxati esa quyidagicha:

  • Qozogʻiston — $1 248,6 ming
  • Qirgʻiz R. — $267,8 ming
  • Tojikiston — $245,3 ming
  • Rossiya — $219,5 ming
  • Hindiston — $54,7 ming
  • Ukraina — $7,2 ming
  • Ozarbayjon — $1,8 ming
  • Afgʻoniston — $1,6 ming
  • Moldova — $1,5 ming
  • AQSH — $0,4 ming
  • Germaniya — $0,3 ming

Maʼlumot uchun, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan $866,8 mingga koʻp.