Oktabr oyidan Toshkent va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida qatnovchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 1-oktabrdan 730/729-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent elektropoyezdi yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 730-sonli Toshkent — Andijon elektropoyezdi Toshkentdan soat 07:20 da jo‘nab, Popga 09:56 da, Qo‘qonga 10:26 da, Marg‘ilonga 11:02 da va Andijonga 11:42 da yetib boradi.

Qaytishda 729-sonli elektropoyezd Andijondan soat 15:33 da yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilonga 16:10 da, Qo‘qonga 16:45 da, Popga 17:16 da yetib kelib, Toshkentga 19:55 da yetib boradi.

Bundan tashqari, oktabr oyidan Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi boshqa poyezdlar jadvali ham bosqichma-bosqich o‘zgaradi:

  • 732-sonli Toshkent — Andijon poyezdi 1-oktabrdan Toshkentdan 17:50 da jo‘nab, Andijonga 23:53 da yetib boradi;
  • 731-sonli Andijon — Toshkent poyezdi 1-oktabrdan Andijondan 06:50 da jo‘nab, Toshkentga 13:07 da yetib keladi;
  • 734/92-sonli Toshkent — Andijon poyezdi 4-oktabrdan Toshkentdan 17:50 da jo‘nab, Andijonga 00:34 da yetib boradi;
  • 733-sonli Andijon — Toshkent poyezdi 5-oktabrdan Andijondan 06:03 da jo‘nab, Toshkentga 13:07 da yetib keladi;
  • 91-sonli Andijon — Toshkent poyezdi 6-oktabrdan Andijondan 18:40 da jo‘nab, Toshkentga 01:24 da yetib keladi;
  • 98/94-sonli Toshkent — Andijon poyezdi 3-oktabrdan Toshkentdan 08:10 da jo‘nab, Andijonga 14:39 da yetib boradi;
  • 93-sonli Andijon — Toshkent poyezdi 3-oktabrdan Andijondan 16:40 da jo‘nab, Toshkentga 22:27 da yetib keladi;
  • 95/97-sonli Andijon — Toshkent poyezdi 1-oktabrdan Andijondan 17:30 da jo‘nab, Toshkentga 00:11 da yetib keladi;
  • 96-sonli Toshkent — Andijon poyezdi 7-oktabrdan Toshkentdan 04:55 da jo‘nab, Andijonga 11:30 da yetib boradi.

Shuningdek, uzoq masofali yo‘lovchi poyezdlarining Toshkent — Andijon oralig‘idagi jadvali ham yangilanadi.

126/125-sonli Xiva/Urganch — Andijon poyezdi 30-sentabrdan yangi jadval asosida harakatlanadi. 1-oktabrdan u Toshkent-Janubiy bekatidan 06:18 da jo‘nab, Andijonga 12:59 da yetib boradi.

125/126-sonli Andijon — Xiva/Urganch poyezdi esa 1-oktabrdan Andijondan 15:50 da jo‘nab, Toshkent-Janubiy bekatiga 21:45 da yetib keladi.

3-oktabrdan 127/128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot poyezdi Andijondan 17:30 da jo‘nab, Toshkent-Janubiy bekatiga 00:11 da yetib keladi. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi 128/127-sonli Qo‘ng‘irot — Andijon poyezdi 1-oktabrdan yangi jadvalga o‘tadi. 2-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan 06:18 da jo‘nab, Andijonga 14:01 da yetib boradi.

129/130-sonli Andijon — Termiz poyezdi 2-oktabrdan Andijondan 16:40 da jo‘nab, Toshkent-Janubiy bekatiga 22:27 da yetib keladi. 130/129-sonli Termiz — Andijon poyezdi esa 30-sentabrdan yangilangan jadval asosida qatnaydi. 1-oktabrdan u Toshkent-Janubiy bekatidan 08:10 da jo‘nab, Andijonga 14:03 da yetib boradi.

Mahalliy yo‘nalishlardagi ayrim qatnovlar ham yangilanadi. 1-oktabrdan 6312-sonli Qo‘qon — Andijon poyezdi Qo‘qondan 06:05 da jo‘nab, Andijonga 08:46 da yetib boradi.

7091-sonli Qo‘qon — Namangan — Andijon — Qo‘qon poyezdi esa Qo‘qondan 05:10 da jo‘nab, Namanganga 07:31 da va Andijonga 10:53 da yetib boradi. Poyezd Andijondan 11:00 da qaytib, Qo‘qonga 13:43 da yetib keladi.

10-sentabr kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida Xitoyning CRRC-Dalian kompaniyasi ishlab chiqargan elektropoyezd qatnovi boshlangandi.

Spot, avvalroq, Toshkent shahar Kengashi 10 ta Škoda elektropoyezdi xaridini ma’qullagani haqida yozgandi.