Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan konditsioner eksport qilgan.

Konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $2,7 mlnga dollariga oshgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:

  • Ozarbayjon — 3,9 mln.
  • Tojikiston — 960,9 ming
  • Rossiya — 571,1 ming
  • Turkmaniston — 336,2 ming
  • Qozogʻiston — 273,5 ming
  • Qirgʻiz R. — 243,2 ming
  • Moldova — 80,6 ming
  • Afgʻoniston — 45,7 ming
  • Yaman — 18,3 ming
  • Turkiya — 12,5 ming AQSH dollari.

2021-yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri — 5,7 mln.
  • Toshkent viloyati — 796,4 ming
  • Andijon viloyati — 0,9 ming AQSH dollari/

Eslatma: iyun oyida mahsulot eksporti $3,6 millionga teng boʻlgan edi. Ikki oy davomida $2,9 mlnlik konditsioner eksport qilingan.