Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi turar-joy maydonini auksionga qoʻydi. Lot 1998-yilda qurilgan, 2 qavat bino va 35 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 0,68 gektarni, foydalaniladigan maydon esa 513.50 kvadrat metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.

Lotning boshlangʻich narxi 7,7 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 24-avgustiga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 26-avgust kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot Toshkentdagi restoran 23,8 mlrd soʻmga auksionga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.