Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati $194,0 mln ga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan $123,0 mln ga oshgan.

Oʻzbekistonning asosiy xaridori Qozogʻiston boʻlib, avtomashinalar Ukraina va Afgʻonistonga qadar eksport qilingan:

  • Qozogʻiston — $181,9 mln
  • Afgʻoniston — $5,7 mln
  • Ukraina — $2,3 mln
  • Rossiya — $1,9 mln
  • Qirgʻiz R. — $1,0 mln
  • Ozarbayjon — $484,1 ming
  • Tojikiston — $480,1 ming.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston aholisida qancha yengil avtomobil mavjudligi haqida yozgan edi.