Xalqaro valyuta jamg’armasi Afg’onistonga ko’rsatiladigan ko’mak to’xtatilishi to’g’risida qaror qabul qildi.

Bu mamlakatdagi hukumat maqomining tushunarsizligi bilan izohlanmoqda.

Reuters nashrining xabar berishicha, Afg’oniston bu cheklovsiz $455 mln olishi kerak edi.

“Ayni vaqtda xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston hukumatini tan olishi masalasida aniq tushuncha yo‘q, shu bois mamlakat XVJdan qarz olish yoki boshqa resurslaridan foydalanish uchun maxsus huquqqa ega emas”, — deyiladi jamg‘arma e’lon qilgan bayonotda.

Ma’lumot uchun: AQSh toliblar afg’on hukumatiga tegishli mablag’larga ega chiqmasliklari uchun barcha hisob varaqalarini muzlatib qo’ygan edi. Bu umumiy hisobda $9,5 trlnni tashkil etadi.