Oʻzbekistonda bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

Ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan taʼminlash darajasi hozirgi 60% dan 100% ga yetkaziladi. Ularning barchasi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan taʼminlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi. Bu — 2 mln nafar fuqaroning pensiyasi kamida 20% ga koʻpayadi, degani”, — Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning taʼkidlashicha, uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar joylarni ijtimoiy ijaraga berish tizimi joriy etiladi. Manzilli ijtimoiy himoya borasida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning himoyasi va ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga alohida eʼtibor qaratiladi.