Prezident qaroriga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor boʻlganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi toʻliq qoplab beriladi.

Bunda 2020-yil 1-oktyabrgacha maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha muddatlarda toʻliq qoʻllaniladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021-yil 15-sentyabrdan mahsulot ishlab chiqarishda va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab beriladi.

Bunda, kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra qoplangan QQS summasi asossizligi aniqlangan taqdirda, mazkur summa belgilangan tartibda undiriladi.