Muborak gazni qayta ishlash zavodida quyosh elektr stansiyasi va quyosh suv isitgichlari o’rnatilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish ob‘yektlarida energiya sarfini kamaytirish va iqtisod qilish maqsadida, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari qurilmalarini joriy qilish bo‘yicha o‘tgan yillar mobaynida 65 700 kVt*soat elektr energiyasi tejalishiga erishilgan edi.

Prezidentning 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan 2021-yilda zavod tomonidan quyosh elektr stansiyasi, quyosh panellari va quyosh suv isitgichlar o‘rnatish orqali elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish natijasida 2021- yilda 10 800 kVt* soat elektr energiyasi tejalishiga erishish rejalashtirilmoqda.