Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda “DARVOZA SAVDO” MCHJ xususiy kompaniyasi o‘rtasida kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini olish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni tashkil qilish hamda kompaniya tarmog‘iga kiruvchi supermarketlarni kontrafaktsiz hududga aylantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad kontrafakt mahsulotlar aylanmasining oldini olish, tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash, iste’molchilarni kontrafakt mahsulotlardan ogoh etish, intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirishdan iborat.
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.
Shuningdek, Agentlik, “DARVOZA SAVDO” MCHJning mahsulotlarni sotuvga taklif etishdan oldin dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslar, davra suhbatlar, seminar-treninglar o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.
Bundan tashqari, Agentlik vaqti-vaqti bilan “DARVOZA SAVDO” MCHJga qarashli savdo majmualarida kuzatuv ishlarini olib boradi va aniqlangan kontrafakt mahsulotlar haqida “DARVOZA SAVDO” MCHJga bildirgi kiritadi “DARVOZA SAVDO” MCHJ esa, ushbu kontrafakt mahsulotlarni tez fursatlarda savdodan olib tashlash chorasini ko‘radi.
Intellektual mulk agentligi MAKRO supermarketlar tarmog‘i bilan memorandum imzoladi
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.
Foto: Spot
«Spot»
- 417
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 21:10 Iqtisodiyot
O‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq to‘lashni majburiy qilish rejalashtirilmoqda
55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun o‘rtacha ish haqini kamaytirmasdan ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi.
Kecha, 19:00 Ta'lim
Xorijda ta’lim: Turkiyada doktoranturada to‘liq grant asosida tahsil olayotgan Islom Asilbekov hikoyasi
Bu safar Spot Turkiyada doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olayotgan vatandoshimiz bilan suhbatlashdi. U grant va doktorantura dasturlari, ularga hujjat topshirish jarayoni, shuningdek, xorijda ilmiy ish olib borish tajribasi haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 18:45 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xususiy va korporativ pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi
Bu moliya bozorida raqobatni yuzaga keltiradi va fuqarolarga pensiya jamg‘arish vositalarini mustaqil tanlash imkonini beradi.
Kecha, 18:13 Iqtisodiyot
Incheon International Airport Corporation Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda
Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklif qilindi.
Kecha, 18:05 Iqtisodiyot
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi Xalq bankidan Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi mumkin
Pensiya hisobvaraqlaridagi jamg‘armalar va investitsiya daromadlari fuqarolarning mulki bo‘lib, meros qilib qoldiriladi.
Kecha, 18:04 Transport
“Bu fuqarolik huquqining butun konsepsiyasini izdan chiqaradi”: Bosh prokuratura pulli parkovkaga to‘lov qilmaganlik uchun jarimaga qarshi
Prokuratura taklif etilayotgan yondashuv uy-joy kommunal xo‘jaligi, mehmonxonalar va xususiy klinikalar oldidagi qarzlar uchun jarimalarga yo‘l ochishidan xavotirda.
Kecha, 17:39 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 17:02 Iqtisodiyot
Shinhan Bank O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Shinhan Financial Group rahbari bilan kredit liniyalari va raqamli bankingni rivojlantirishni muhokama qildi.