Toshkent shahar hokimligi xabariga koʻra, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 2021-yil 12-oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanadi.

Qayd etilishicha, shunga koʻra joriy yil 14-oktyabrdan koʻp qavatli turar joy binolari muntazam isitishga oʻtkaziladi.

Avvalroq Spot Bloomberg jurnalisti Maykl Uinfrining energetikaga oid fikrlari haqida yozgan edi. Uningcha, energiya zaxiralarining qimmatlashuvi va koʻplab tovarlarning yetkazib berilishi bilan bogʻliq muammolar tufayli kelayotgan qish mavsumida butun dunyoda ogʻir inqiroz yuz berishi mumkin.