“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish tanlovida ishtirok eting. Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar joriy yilning 31-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi shartlar va mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • dizayn jamg‘arma mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lishi;
  • dizayn muallif tomonidan chizilgan bo‘lishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi;
  • dizayn tanga yoki suvenir to‘plamlarning avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) ko‘rinishlaridan iborat bo‘lishi;
  • dizayn doira ichiga qalamda chizib (A4 formatda) yoki kompyuter grafikasidan (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) foydalanib tayyorlanishi va tasvirlangan har bir element aniq ko‘rinishi lozim

Ishlab chiqilgan dizaynlar muallifning aniq ismi, familiyasi, adresi, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda konkurs.cbu@gmail.com (“WSD Esdalik tangalar va suvenir to‘plamlari dizayni tanlovi” xat mavzusiga ko‘rsatilishi shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi so‘raladi.

Taqdim etilgan dizaynlar Markaziy bankning tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi ishlar tanlab olinadi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.