Rossiyaning Mail.ru Group korporatsiyasi oʻz nomini “VK"ga oʻzgartiradi. Bu haqda Kompaniya bosh direktori Boris Dobrodeyev 12-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan taqdimotda aytib oʻtdi. Internetning 100% faol auditoriyasi VK brendini biladi, 67%i esa har kuni ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi, deb tushuntirdi top-menejer.

“Kompaniyaning yagona brendi bizning ekotizimimiz taqdim etadigan barcha imkoniyatlarni — muloqot va oʻyinlar, taʼlim (maktabdan to professional darajagacha), dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib berish, taksi, avtomobil almashish, onlayn xaridlar va boshqalarni aks ettiradi”, — Boris Dobrodeyev.

Kompaniyaning baʼzi loyihalari va servislari qayta nomlanadi hamda ularning nomlari va logotiplariga VK old qoʻshimchasi qoʻshiladi. Taʼkidlanishicha, nomlar quyidagicha oʻzgaradi:

  • “VK Музыка” (Boom);
  • “VK Pабота” (Work);
  • “VK Объявления” (Юла);
  • “VK Знакомства"(Lovina).


Kompaniyaning “Odnoklassniki”, “VKontakte” va Mail.ru elektron pochtasi kabi taniqli servislari eski brendlarini saqlab qoladi.

Avvalroq Spot “Vkontakte” Zoom-ning bepul versiyasini taqdim etishi haqida yozgan edi.