“Uzbekistan Airways” ning xabar berishicha, 2021-yilning 31-oktyabridan 2022-yil 20-martiga qadar “Toshkent — Namangan — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha qatnov yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur qatnov haftaning har yakshanba kunida amalga oshiriladi

Aviachiptalar quyidagi harakat jadvali boʻyicha amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan joʻnab ketish — 19:20, Namanganga qoʻnish — 20:20;
  • Namangan joʻnab ketish — 21:00, Toshkentga qoʻnish — 21:50.

Maʼlum qilinishicha, “Toshkent — Namangan — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha bagajsiz bir tomonga aviachipta narxi 99343 soʻmdan, bagaj bilan esa 111 763 soʻmdan boshlanadi.

Shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi “bordi-keldi” aviachiptalar narxi bagajsiz 173 850 soʻmdan, bagaj bilan 198 686 soʻmdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% li chegirma taqdim etiladi.

Avvalroq Spot “Uzbekistan Airways” Kiyevga parvozlar sonini oshirishi haqida yozgan edi.