Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Uzbekistan Airways, Oʻzbekiston temir yoʻllari hamda Uzautotrans Service tomonidan ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Xususan, Uzbekistan Airways 1−30-noyabr kunlari Respublika ichidagi aviaqatnovlarda 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar uchun ekonom hamda biznes toifalarining (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) joriy narxlarga 25% miqdorda ixtiyoriy chegirmalar joriy etdi.

Oʻzbekiston temir yoʻllari esa mamlakat ichidagi amaldagi tariflarga 10% miqdorda chergirma berdi.

Uzautotrans Service tomonidan mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga 10% miqdorda chegirmalar berilishi maʼlum boʻldi.