2021-yil 1-noyabrdan “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi boʻlgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50% lik chegirma beriladi.

Shuningdek, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) va davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatiladigan 50% lik chegirmaga ega xizmatlar roʻyxati ham tasdiqlangan:

  • Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olish;
  • Xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish;
  • Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuborish;
  • Oʻlim roʻyxatga olinganligi haqida maʼlumotnomani olish;
  • Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;
  • Tugʻilganlik haqida maʼlumotnomani olish;
  • Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
  • Kadastr pasportini shakllantirish va boshqalar (toʻliq roʻyxat mana bu yerda).

My.gov.uz manzilida ushbu imtiyozlardan 24 soat davomida elektron foydalanish imkoniyati mavjud.

Avvalroq Spot yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar shaxsiy kabineti orqali “Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish"lari mumkin boʻlganligi haqida yozgan edi.