“Red Bull Basement” tanlovida O’zbekistondan qaysi jamoa ishtirok etishi ma’lum bo’ldi.

“Red Bull Basement” — “Red Bull” tashkil qilgan xalqaro tanlov bo‘lib, unda ishtirokchilar dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan ijodiy texnologik g‘oyalarni taqdim etishlari kerak edi.

Dunyo bo‘ylab jami 4041 ta, O‘zbekistondan esa 12 ta jamoadan ariza kelib tushgan.

O‘zbekistondan Avstriyaga yoʻl oladigan g‘olib “E-med” loyihasi bo‘ldi.

“E-med” loyihasi — barcha shaxsiylashtirilgan tibbiy ma’lumotlarni saqlash hamda bemor va shifokor o‘rtasidagi aloqa uchun ilova.

Xalqaro finalda ishtirokchilar xalqaro ekspertlar, mentorlar va boshqa hamfikrlar yordamida o‘z loyihalarini tayyor mahsulotga keltiradilar.

Batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali.