11-noyabr, payshanba kunidan boshlab bir nechta banklar dollar kursini oshirdi.

Aksariyat banklarda mazkur valyutani 10 710 soʻmga sotib olish, 10 770 soʻmga sotish taklifi mavjud. Bu yangi maksimal belgidir.

Valyuta kursi boʻyicha avvalgi rekord salkam ikki oy avval oʻrnatilgandi, oʻshanda dollar ilk bor 10 760 soʻmga koʻtarilgan edi. Shundan soʻng, kurs bir necha hafta davomida oʻzgarib turdi.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyining oʻrtalaridan boshlab Markaziy bank valyuta kurslarini avvalgidek haftada bir marta emas, har kuni eʼlon qilmoqda.