Rossiyaning yirik “Зарубежнефть” xoldingi Jizzax Petroleum neft kompaniyasining ulushini sotib olishni muhokama qilmoqda, deya yozmoqda kommersant.

“Зарубежнефть” kelishuv haqida izoh bermagan, biroq “Oʻzbekistonda keyingi rivojlanishdan” manfaatdor ekanini aytgan.

Mazkur Rossiya kompaniyasi MDH mamlakatlaridagi faoliyatini kengaytirish ustida ishlamoqda. 2019-yilda “Oʻzbekneftegaz” bilan hamkorlikda “Andijonpetro” qoʻshma korxonasida Oʻzbekistonning Janubiy Olamishiq, Xartum va Sharqiy Xartumdagi katta konlarni oʻzlashtirish uchun kompaniyalarning 50% ulushini olgan edi.

2021-yilda esa ishlab chiqarish hajmi 20 ming tonnani tashkil etishi rejalashtirilgandi.

“Agar biz 15 yil ichida zaxiralarning koʻpligidan kelib chiqib qaror qabul qilsak, Oʻzbekiston neft qazib olishni nazariy jihatdan ikki barobarga oshirishi aniq”, — deya fikr bildirgan rossiyalik ekspertlar.

Maʼlumotlar uchun, “Jizzax Petroleum” 105 ta konni oʻz ichiga oladi, ular ishlab chiqarishning qariyb 70%ini (taxminan 500 ming tonna neft) va tasdiqlangan neft zaxiralarining 22%ini (600 mln barrel) tashkil etadi.