Turkmanoboddagi pedagogika institutida oʻtkazilgan majlisda talabalarga VPNdan foydalanmaslik, Green Card lotereyasi oʻynamaslik, oliy taʼlim muassasasiga telefon olib kelmaslik talabi qoʻyilgan.

Majlisda prokuratura vakili xorij internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy taʼsiridan shikoyat qildi. U talabalarga ijtimoiy tarmoqlar va VPNʼdan foydalanmaslik, oliy taʼlim muassasasiga telefon olib kelmaslik, uni yotoqxona yoki uyda tashlab kelishni maslahat berdi.

Yigʻilishda koʻplab talabalar AQShning “Green Card” (Diversity Visa Lottery) toʻldirishayotgani borasida ham xavotirlar aytib oʻtildi.

“Sizlarni ogohlantiraman, agar orangizda mana shu kartani toʻldirganlar yoki boshqa usullar bilan mamlakatdan ketishni istaydiganlar boʻlsa, ular oʻqishdan haydaladi. Bu yerda vatanimiz uchun kadrlar tayyorlayapmiz”, — degan rektor oʻzining yakuniy nutqida.

Avvalroq Turkmaniston davlat madaniyat instituti oʻqituvchilaridan VPN ilovalaridan foydalanmaslik, Instagram hamda Facebookʼka kirmaslik haqida tilxat yozdirib olingani maʼlum qilingan edi.
Ularga videorolik va fotosuratlar yuborish uchun Turkmanistonda ishlab turgan yagona IMO messenjeridan foydalanish taqiqlangan. Endi faqat matnli xabarlar yuborish mumkin.