“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ-733-son, 30.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv isteʼmolchilari uyushmalari o‘z aʼzolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida isteʼmolchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.

Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.

Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.