Ilon Mask Tesla aksiyalarini yana $963 mln ga sotdi. Soliqlarni toʻlash uchun Mask kompaniyaning yana 6 mln aksiyasini sotishi kerak.

Tadbirkor kompaniyaning 934 091 dona aksiyasini 2,2 mln optsiondan foydalangan holda soliq toʻlash uchun sotdi, deb yozadi Bloomberg.

Hammasi boʻlib noyabr oyi boshidan buyon u deyarli 11 mln dona aksiyani $12 mlrd ga sotdi.Toʻliq ulushni sotish uchun Mask yana 6 mln Tesla aksiyasini sotishi kerak.

6-noyabr kuni Mask Twitterʼda soliq toʻlash uchun Tesla aksiyalarining 10%ini sotishi kerakmi yoki yoʻqligini aniqlash uchun soʻrov boshladi. Deyarli 58% odam buni yoqlab ovoz berdi.

Ilon Mask ulushining 10%i qariyb $21 mlrd ga, savdo soliqlari esa $5 mlrd ga baholangan. Soʻrovdan soʻng bir oy ichida Tesla aksiyalari narxi 10% ga tushib ketgani sababli bu miqdor $3 mlrd gacha kamaygan.