**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.

“Anor Bank”

  1. Aloqa markazida mijozlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis

Ish majburiyatlari:

  • mijozlarga to’liq masofaviy xizmat ko’rsatish (ro'yxatdan o’tish, hisob ochish, kredit berish va hk);
  • bank to’lov kartalari egalariga axborot yordamini ko’rsatish;
  • mijozlarga zamonaviy aloqa kanallari (ovozli va matnli kanallar — telegram, whatsapp, viber, apple business chat) yordamida bank mahsulotlari va xizmatlari to’g’risida maslahat berish;
  • ziddiyatli va muvaffaqiyatsiz vaziyatlarni hal qilish;
  • zamonaviy bank tizimlarida ishlash;
  • mijozlar haqidagi ma’lumotlarni Bank ma’lumotlar bazasiga kiritish.

Oylik maosh 3,4 mln so’mdan boshlanadi. Qo’shimcha tarzda bonus va ijtimoiy to’lovlar mavjud.

“Orient Finans Bank”

  1. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassis

Ish majburiyatlari:

  • o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
  • kompyuterdan tezkor foydalanish;
  • xalqaro pul o’tkazmalari bilan ishlash;
  • plastik kartochkalarni ochish;
  • omonatlarni ro’yxatga olish;
  • bankomatlar, terminallar bilan ishlash.

Oylik maosh 3,5 mln so’mdan boshlanadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 3 yildan 6 yilgacha.

Boshqa vakansiyalar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

“Davr Bank”

  1. Monitoring bo’limi mutaxassisi

Ish majburiyatlari:

  • Stajyor bo’lishi kerak;
  • Kreditni kechiktirish monitoring qiladi;
  • Kredit hujjatlarini tekshirish;
  • Kredit portfeli monitoringi;
  • Xatlar bilan ishlash.

Boshqa vakansiyalar haqida