LG 2022-yil yanvarida CES koʻrgazmasida taqdim etiladigan StanbyME televizorini namoyish etdi, deb yozadi The Verge.

Sensorli ekranning diagonali 27 dyuymni tashkil qiladi. U gʻildirakli oʻrnatkichga joylashgan. Displeyni burish, egish yoki stenddan ajratish mumkin.


Oʻrnatilgan akkumulyator batareya quvvatlanmasdan uch soatgacha ishlashi mumkin. Qurilma NFC-ni qoʻllab-quvvatlaydi, USB va HDMI mavjud. Ekranning orqa tomoni mato bilan qoplangan. Televizorning narxi hozircha nomaʼlum.


Avvalroq Spot Sony kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida yozgan edi.