Oʻtgan hafta davomida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 181,7 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 10,2% ga koʻpdir.

Bunda sotuvlarning 78,7% — birja savdolari; 0,4% — koʻrgazma-yarmarka savdolari; 20,6% — elektron davlat xaridlari va 0,2% — avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 1 017,6 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 64,6 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 422 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,4 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:

  • 7,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
  • 12,6% ikkinchi;
  • 10,9% uchinchi;
  • 13,5% toʻrtinchi;
  • 16,8% beshinchi
  • 39,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda 9 oy ichida “chiroyli” avtoraqamlarga 221,1 mlrd soʻm sarflanganligi haqida yozgan edi.