Adliya vazirligi xabariga koʻra, Prezident farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan TIF Milliy bankka $100 dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, mazkur mablagʻlardan 2022−2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:

  • kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
  • muddati — 7 yil, imtiyozli davr — 3 yil;
  • foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 foiz).

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi yoshlar roʻyxati shakllantiriladi.

Yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi. Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan oʻz biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filiallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

Avvalroq Spot oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yillik 14% stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.