Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 27,6 ming tonna goʻsht import qilgan.

Goʻsht importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar:

  • Belarus — 18,7 ming tonna;
  • Qozogʻiston — 4,2 ming tonna;
  • Ukraina — 2,6 ming tonna;
  • Rossiya — 629 tonna;
  • Moldova — 660 tonna.

Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.

Avvalroq Spot goʻsht mahsulotlari uchun QQS imtiyoz davri uzaytirilganligi haqida xabar bergan edi.