2021-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40% ga, hajmi boʻyicha — 21% ga oʻsdi.

Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% — yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi — 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:

  • 37% birinchi toifadagi avtoraqamlar,
  • 22% — ikkinchi,
  • 13% — uchinchi,
  • 9% — toʻrtinchi,
  • 9% — beshinchi va
  • 10% — oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.

Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Fargʻona (8% dan), Namangan va Andijon (6% dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.