Davr BANK

Call- center operatori — ish tajribasi 1 yildan 3 yilgacha bo’lishi talab etiladi. Nomzod ingliz va rus tillarini mukammal bilishi talab etiladi. Oylik ish haqi 5 mlndan boshlanadi. Batafsil quyidagi ilova orqali.

Orient Finans Bank

1.Buxgalteriya bo’limi bosh mutaxassisi

Vazifalar:

  • hujjatlarni to’g’ri yuritish;
  • buxgalteriya bo’limi ishini tashkil etish va buxgalteriya hisobini nazorat qilish;
  • barcha turdagi hisobotlarni tayyorlash.

Oylik maosh 3,5 mlndan 5 mlngacha. Ish tajribasi 6 yildan ziyod bo’lishi talab etiladi.

2.Hisobchi

Ish majburiyatlari:

  • pul mablag’larini qabul qilish, muomalaga chiqarish, hisobga olish va saqlash bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish, banknotlarning haqiqiyligini aniqlash, plastik bank kartalari bilan ishlash;
  • kassa hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining lavozim yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish.

Ish haqi 2,5 mlndan 3,5 mlngacha etib belgilangan.

Tenge bank

Buxgalteriya hisobini yuritish bo’limi katta menejeri

Ish majburiyatlari:

  • butun Bank miqyosida XMHS bo’yicha hisobotlarni tayyorlash;
  • Nazorat qiluvchi organlar, banklar bilan o’zaro hamkorlik qilish, hisobotlarni tayyorlash va o’z vaqtida taqdim etish;
  • Bankning moliyaviy hisoboti va balansini tahlil qilish;
  • Moliyaviy protseduralar va metodologiyani ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, moliyaviy hisobot jarayonlarini avtomatlashtirish (IT uchun texnik shartlarni tayyorlash);
  • Auditlarni o’tkazishda ichki nazorat tizimining samaradorligini baholash uchun Bankning ichki auditi bo’yicha guruhlarni ishtirok etish va tashkil etish;
  • Savdo shoxobchalarida faoliyat sohalarida ichki nazorat tartiblari va jarayonlarini tekshirish;
  • Ichki audit davomida mavjud bank risklari darajasini va ularni boshqarish sifatini baholash. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash va audit nuqtai nazaridan ularning yirik ma’lumotlar bazalari bilan bajarilishini nazorat qilish.

Ish tajribasi 3 yildan 6 yilgacha bo’lishi talab etiladi. Ish haqi miqdori suhbat davomida belgilanadi.

Ma’lumotlar bazasi adminstratori

Ish tajribasi 1 yildan 3 yilgacha bo’lishi talab etiladi.

Ish majburiyatlari:

  • ma’lumotlar bazasini boshqarish;
  • ma’lumotlar bazasini loyihalash;
  • Oracle DBMS funksiyalarini qo’llab-quvvatlash;
  • Oracle DBMS ning to’g’riligi va ishlashini monitoring qilish.

Nomzoddan rus tili va ingliz tilini C2 darajasida bilishi talab etiladi.

Bankning boshqa vakansiyalari haqida quyidagi ilova orqali bilib olishingiz mumkin.

Universal Bank

Tizim adminstratori

Ish majburiyatlari:

  • foydalanuvchilar, bank tizimlari va bank uskunalarini texnik qo’llab-quvvatlash;
  • bank infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • yangi infratuzilma yechimlarini joriy etish va mavjudlarini takomillashtirish.

Ushbu lavozim uchun ish tajribasi bo’lishi talab etilmaydi. Oylik miqdori 10 mlndan 30 mlngacha.

Java dastur ishlab chiquvchi

Ish majburiyatlari:

  • Oracle mahsulotlarida dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
  • rivojlanish uchun vazifalarni belgilash;
  • Oracle mahsulotlari asosida bank mahsulotlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • bank mahsulotlarini yetkazib beruvchilarning dasturchilari bilan aloqa qilish.

Ushbu lavozim uchun ish tajribasi bo’lishi talab etilmaydi. Oylik miqdori 10 mlndan 30 mlngacha.

hh.uz saytida Anorbank, Asaka bank, Ipak Yo’li bank vaNBU dagi mavjud vakansiyalar joylashtirilgan.