TikTok vakili The Information nashriga ijtimoiy tarmoq blogerlar uchun manfaatli boʻlgan pullik obunalarni sinovdan oʻtkazayotganini tasdiqladi, ammo toʻliq tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi.

Hozircha TikTokʼda faqat ijtimoiy tarmoqning ichki valyutasi ishlaydi, u orqali mualliflar uchun sovgʻa sotib olishda foydalanish mumkin.

TikTok 2021-yil oktyabr oyidan beri 100 000 dan ortiq obunachiga ega blogerlar uchun ayrim xizmatlarni sinovdan oʻtkazmoqda. Mualliflar $1 dan boshlab istalgan miqdor uchun “choychaqa” olishlari mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 19-yanvarda Instagram AQShda pullik obunalarni sinovdan oʻtkazishni boshladi. Hozircha faqat 10 ta bloger obunachilar uchun eksklyuziv postlar, “stories"lar va jonli efir uchun haq olishi mumkin.