Innovatsion rivojlanish vazirligi elektromobillar uchun tez quvvatlanish stansiyasini taqdim etdi, deb yozadi OʻzA.

Stansiya quyosh fotoelektrik panellari bilan ishlaydi, lekin elektr tarmogʻidan ham quvvatlanishi mumkin. Ishlab chiqarilgan energiyani saqlash uchun batareya mavjud.

Ishlanma qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi mutaxassisi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan amalga oshirildi. Ish jarayonida Oʻzbekistonning iqlim sharoiti hisobga olindi.


Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurilma 380 V oʻzgaruvchan tokda ishlaydi. Chiqish 200−1000 V doimiy kuchlanish va 250 A gacha boʻlgan quvvat bilan taʼminlanadi.

Hisobotda aytilishicha, korxonalar ushbu qurilmadan oʻrta quvvatli elektr zaryadlash stansiyalarini tashkil qilish va tarqatish uchun foydalanishlari mumkin.

Loyihani kelgusida amalga oshirish jarayonida har bir aholi punkti uchun texnik talablar ishlab chiqiladi, bu esa stansiyani mahalliy elektr tarmoqlariga ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilma sertifikatlangan boʻlishi kerak.

Endilikda sarmoyadorlarni izlash, zaryadlash stansiyasini seriyali ishlab chiqarishni moliyalashtirishga kirishmoqda.

Oʻzbekistonda elektromobillar infratuzilmasi

Infratuzilma talab bilan birga rivojlanadi. Plugshare maʼlumotlariga koʻra, hozirda Oʻzbekistonda 33 ta elektr stansiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Baʼzi kompaniyalar buni oʻz profilining bir qismi sifatida amalga oshiradilar (Tok Bor, Megawatt Motors), boshqalari uchun bu qoʻshimcha xizmatdir (Makro).

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ular orasida “Oʻzavtosanoat” korxonalarini elektromobillar ishlab chiqarishga oʻtkazish loyihasi ham bor.

Hozircha amalga oshirishga eng yaqin narsa bu Fargʻonadagi loyiha boʻlib, sentyabr oyida eʼlon qilingan edi. Sinov partiyasi dekabr oyida konveyerdan chiqariladi va seriyali ishlab chiqarish 2022-yilda boshlanishi vaʼda qilingan. Zavod yiliga 10 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.