Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi.

Unga koʻra, umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi:

  • 2023−2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt boʻlgan 4 ta;
  • 2025−2026-yillarda Respublika boʻylab umumiy quvvati 2 400 MVt boʻlgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Shuningdek, umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.:

  • 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt boʻlgan 4 ta;
  • 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan 5 ta;
  • 2025−2026-yillarda Respublika boʻylab jami quvvati 1 800 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

2030-yilga qadar quvvati 1 MVtgacha boʻlgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston Tojikistondan $23 millionga elektr energiyasi sotib olganligi haqida yozgan edi.