Mozilla kelasi hafta Wolvic nomli yangi brauzerni ishga tushiradi, deb yozadi The Verge.

Firefox Reality brauzeri yaqin haftalarda barcha ilovalar doʻkonlaridan olib tashlanadi. Kompaniya uni 2018-yilda virtual reallik garnituralari uchun chiqargan.

Firefox Reality Meta Quest (sobiq Oculus Quest) garniturasida, HTC Viveport platformasida, Pico VR garniturasida va Microsoft HoloLens garniturasida mavjud.

Wolvic Firefox Reality manba kodiga asoslangan va Igalia konsalting firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U 2021-yilda Google, Microsoft, Mozilla bilan birgalikda Web-API va JavaScript uchun hujjatlarni yaxshilash loyihasini ishga tushirdi.