Markaziy bank “Soʻm ramzi"ni yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazadi.

Qayd etilishicha, tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda oʻziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish niyatidagilar 2022-yil 31-martga qadar ariza, oʻz gʻoyasi tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborishi lozim.

Gʻolibga Markaziy bank tomonidan pul mukofoti taqdim etiladi.

Tanlov qoidalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.