“Kommersant"ning xabar berishicha, “Red Wings” aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Oʻzbekistonga toʻgʻrida toʻgʻri reysni yoʻlga qoʻyadi. 13-fevraldan aviatashuvchi Urganch, 14-fevraldan esa Samarqandga parvozlarni boshlaydi.

Bu Kolsovo aeroportidan birinchi muntazam xalqaro reyslar boʻladi, deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Parvozlar 100 oʻrinli “Sukhoi Superjet” samolyotlarida amalga oshiriladi. Samolyotlar dushanba kuni Samarqandga, yakshanba kuni esa Urganchga uchadi.

“2021-yildan beri „Red Wings“ Yekaterinburgdan Oʻzbekistonning yirik shaharlariga parvozlarni yoʻlga qoʻygan, biroq bu charter reyslar boʻlib, oʻrindiqlarni erkin sotmasdan bir mijoz manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, bu charter dasturi muntazam reyslarni amalga oshirish bilan parallel ravishda davom etadi.

Maʼlumot uchun, “Red Wings” bundan oldin Maxachqalʼadan Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi.

Avvalroq OAVda “Uzbekistan Airways” Shri-Lankaga charter reyslarni yoʻlga qoʻyishi haqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.