Taqiqlangan ilovalar orasida Xriver oʻyinini tezlashtirish xizmati, NetEase kompaniyasining Onmyoji Arena oʻyini, Sweet Selfie HD foto muharriri, Beauty kamerasi, Viva Video Editor video muharriri va ilovaga parol qoʻyish, TechCrunch va mahalliy hind tilini yozish imkonini beruvchi AppLock xizmati bor, deya yozmoqda TechCrunch.

Rasmiy ravishda Hindiston hukumati blokirovka haqida hali xabar bermagan.

Roʻyxatda 54 ta ilova bor, biroq ularning koʻpchiligi Hindiston ilgari taqiqlagan boshqa ilovalarning klonlaridir, deya taʼkidlaydi nashr.

2020-yil iyun oyida mahalliy hukumat TikTok, WeChat, Weibo, jami 59 ta Xitoy ilovasini taqiqlagan.

Oʻshanda ular bu xizmatlar “Hindiston suvereniteti va yaxlitligiga ziyon yetkazadi” deb tushuntirishgan.

Sentyabr oyida Hindiston Xitoyning 118 ta ilovasini, jumladan PUBG Mobile va Baiduʼni blokladi. Rasmiylarning fikricha, bu xizmatlar milliylikka tahdid soladi.

Mavzuga doir: TikTok zararli boʻlsa, uni foydali resursga aylantirish lozim — Komil Allamjonov