Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-fevral holatiga respublikada roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,8 mingtani tashkil etib, ulardan 13,4 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida Rossiya yetakchilik qilmoqda:

  • Rossiya — 2 313 ta
  • Xitoy — 1 948 ta
  • Turkiya — 1 912 ta
  • Qozogʻiston — 1 071 ta
  • Koreya — 900 ta

Qayd etilishicha, faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 474 taga oshgan.