Joriy yilning 20-fevralidan Uzbekistan Airways AJ yakshanba kunlari “Toshkent — Rostov-Don — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Qayd etilishicha, Toshkentdan uchish soat 18:30 da, Rostov-Donga yetib borish soat 20:20 da, Rostov-Dondan uchish soat 21:50 da, Toshkentga yetib borish soat 02:20 da amalga oshiriladi.
- “Toshkent — Rostov-Don” yoʻnalishida aviachipta narxi 1 761 681 soʻmdan,
- “Toshkent — Rostov-Don — Toshkent” yoʻnalishida esa 1 934 819 soʻmdan boshlanadi.
23-fevraldan esa chorshanba kunlari “Toshkent — Krasnodar — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda, Toshkentdan uchish soat 19:10 da, Krasnodarga yetib borish soat 21:00 da, Krasnodardan uchish soat 22:30 da, Toshkentga yetib borish soat 03:00 da amalga oshiriladi.
- “Toshkent — Krasnodar” yoʻnalishida aviachipta narxi 1 956 956 soʻmdan,
- “Toshkent — Krasnodar — Toshkent” yoʻnalishida esa 2 179 562 soʻmdan boshlanadi.
“Uzbekistan Airways” uzoq masofaga uchishga moʻljallangan birinchi Airbus A321LR samolyotiga ega boʻlganligi haqida yozgan edi.