Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022−2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2026-yilgacha Oʻzbekistonning oltita viloyatida 15 ta yangi GES quriladi. Mavjud 5 ta GES modernizatsiya qilinadi.

Natijada, yiliga qoʻshimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Xususan:

  • 2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 173 MVtga teng boʻlgan qoʻshimcha gidroelektrstansiyalar yaratish boʻyicha 7 ta;
  • 2023-yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasi yakunlanadi hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt boʻlgan 2 ta;
  • 2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasi yakunlanadi hamda jami quvvati 122 MVt boʻlgan 4 ta;
  • 2025−2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt boʻlgan 4 ta GESlar ishga tushiriladi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar hisobiga, 2026-yilga borib Oʻzbekistonda gidroelektrstansiyalarning umumiy quvvati 2 920 MVtga yetkaziladi.

Avvalroq Spot Samarqand viloyatida uchta GES qurilishi haqida yozgan edi.