Rossiyaning Rostov viloyatidagi havo maydoni yoʻlovchi samolyotlarning qatnovlari uchun yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabarida aytilgan.

Shu munosabat bilan, 2022-yil 24-fevral kuni Namangan — Krasnodar yoʻnalishi boʻyicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.

Bekor qilingan parvoz yoʻlovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki toʻliq qiymatini qaytarib olish huquqiga ega hisoblanadi.

Uzbekistan Airways AJ yoʻlovchilarni jadvaldagi har qanday oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qilishi bildirilgan.